Eng katta muammo "Barselona" va "Real" jamoalari o'rtasidagi o'yinda bo'ldi. Kurtuaning fikriga ko'ra, Evropada hamma yagona modeldagi takroriy vaziyatlar qo'llanishiga o'tishi kerak.
"Men VAR tarafdoriman. Boshqa tarafdan JCH va ECHLda ko'rganlarimiz Ispaniyanikidan keskin farq qiladi.
Ular bu erda hakamlar qaror qabul qilishini xohlashadi, ammo ularning xatolarini to'g'irlash haqida har doim ham o'ylayverishmaydi. Ammo, ko'p hollarda VAR yordam berishi mumkin", - deydi Kurtua.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Real" o'rtasidagi o'yindan so'ng madridliklar hakamlikdan norozi bo'lishgan edi.