«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya chempionatining 8-turi doirasida bo'lib o'tgan «Atletik»ga qarshi o'yin (0:0) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— Bunday o'yinlardan keyin hamisha o'yinchilar harakatidan qoniqish hosil qilmayman. Shuncha harakatga qaramay, vaziyatlardan foydalana olmadik. Bundan xafsalamiz pir bo'ldi. Vaziyatlar bo'lganda — gol urish kerak. So'nggi 3ta o'yinda ko'p vaziyatlar yaratdik, ammo kam gol urdik.
— Nima uchun jamoa imkoniyatlardan foydalana olmayapti?
— Gap omadsizlik va ishonchsizlikda emas. Muhimi vaziyatlar yaratish va biz juda ko'p vaziyatlar yaratyapmiz, ammo to'p darvozaga kirmayapti. Ishlashda davom etsak, albatta gollar uramiz.
Hozir to'p darvozaga kirmayapti, lekin ranjishga asos yo'q. Shunchaki, ushbu yil har tomonlama yaxshi bo'lgani haqida o'ylashi lozim. Biz 2020 yilning boshlanishini intizorlik bilan kutyapman.
— Lekin kam gol urilayotgani — xavotir uchun sabab emasmi?
— Men bunday o'ylamayman. Odamlar bu haqda ko'p gapirayotgan bo'lsalar-da, biz xotirjammiz. So'nggi 4-5 oy davomida biz amalga oshirgan ishlar yaxshi bo'ldi", – dedi Zidan.