«Real» himoyachisi Serxio Ramos qachonlardir «Oltin to'p»ni yutib olishiga umid bildirdi.
«Hammasi qaysi tamoyillarga asosan sovrinni topshirishlariga bog'liq. So'nggi paytlarda hamma narsa Mesii va Ronaldu atrofida aylana boshladi. Biroq, sobiq jamoadoshim Fabio Kannavaro ham himoyachi sifatida bu sovrinni qo'lga kiritgan.
«Oltin to'p» men uchun muhim sovrin emas. Albatta, faoliyatimda juda ko'p yutuqlarga erishganman. Biroq, bu sovrinni qo'lga kiritsam, tarix sahifalarida qolaman» - dedi Ramos Marca xabarida.