«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir farzand kutmoqda.
32 yoshli futbolchi ayni paytda Ibitsa orolida sevgilisi Jorjina Rodriges bilan dam olmoqda. Fotosuratchilar tomonidan taqdim qilingan ularning rasmlarida Jorjinaning homilador ekani sezilib qolgan.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Ronaldu kichik Krishtianu, Eva va Mateo ismli farzandlariga ega. Ularning barchasi surrogat onadan tug'ilgan.