Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
“Men dunyoning eng yaxshi klubini boshqaryapman. Bu esa meni har kuni baxtli qilishga majbur etmoqda. Qachongacha murabbiylik qilishimni bilmayman. Hammasi nimani his qilishimga, ichimda nimalar bo'lishiga bog'liq.
Balki, men noodatiy murabbiydirman. Meni kundan kun rivojlanib borish qiziqtiradi, biroq 60 yoki 70 yoshgacha murabbiylik qilish niyatida emasligim aniq. Zidan-murabbiy, mening o'ylashim bo'yicha Zidan-futbolchidan farq qiladi. Hatto menga futbol juda yoqsa ham”, -deydi murabbiy.