«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan o'zining murabbiylik faoliyati haqida fikr bildirdi.
«Jahonning eng yaxshi klubini boshqaryapman. Bu holat esa har kuni baxtli bo'lishimga sabab bo'lmoqda. Qancha vaqt murabbiy sifatida ishlashimni bilmayman. Bu narsa o'zimni qanday his qilishimga bog'liq.
Balki men sof murabbiy emasdirman. Meni kundalik ish qiziqtiradi, lekin 60 yoki 70 yoshgacha murabbiylik qilmasam kerak.
Nazarimda, murabbiy Zidan futbolchi Zidandan farq qiladi, lekin menga futbol o'ynash ko'proq yoqqan», – dedi Zidan.