Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior jamoasini o'zgartirishi mumkin. Braziliyalik futbolchi xizmatiga APLning “Arsenal”, “Chelsi”, “Tottenxem Xotspur”, “Manchester Yunayted” va "Vulverxempton" klublari qiziqish bildirmoqda, deya yozmoqda El Desmarque.
Manbaning xabariga ko'ra, APL klublaridan tashqari futbolchini “Pari Sen-Jermen”, “Inter” va “Roma” klublari ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Vinisius “Real” safida 2018 yilning iyul oyidan buyon to'p surib kelmoqda. Joriy mavsum 14ta o'yinda maydonga tushgan, Vinisius 2ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qilgan.