Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida bo'lib o'tgan "Barselona" va "Real" jamoalari o'rtasidagi o'yinda hisob ochilmadi.
Qiziq fakt: Krishtianu Ronaldu "Real"ni tark etganidan buyon yuzaga kelayotgan to'qnashuvlarda Messi gol ura olmayapti.
O'tgan mavsumda jamoalar ikki martadan La liga va Ispaniya kubogi (yarim final) doirasida to'qnash kelishdi. Ularning 3tasida kataloniyaliklar g'alaba qozonishga bo'lsa, bitta o'yinda durang qayd etilgan edi. "Ko'k-anorranglilar" sardori bitta uchrashuvda maydonga tushmagan bo'lsa, qolgan 3tasida o'yinda ishtirok etib gol ura olmagan edi. Shu tariqa, ketma-ket 5ta "klasiko"dan beri argentinalik futbolchi hisobiga gol yozilmayapti.
Ma'lumot o'rnida. Messi "el-klasiko"lar to'purari hisoblanadi. U 36ta o'yinda 26ta gol urgan. Ronaldu esa 28ta uchrashuvda o'z hisobiga 17ta gol yozgan.