«Real» klubi Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiga talabnoma yuborib, "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinning ayrim vaziyatlari bo'yicha tushuntirish so'radi.
AS tarqatgan xabarga, madridliklar uchrashuv bosh hakami Alexandro Ernandes Ernandes va videoyordamchi hakam (VAR) Rikardo de Burgos Bengoechea o'rtasida bo'lib o'tgan suhbatning audioyozuvi bilan qiziqishmoqda.
Bu orqali «Real» Rafael Varanga nisbatan Kleman Langle va Ivan Rakitich tomonidan ishlatilgan qoidabuzarliklar uchun nima sababdan penalti belgilanmaganiga oydinlik kiritmoqchi.