"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ispaniya grandi tarkibida qolishga qaror qildi.
AS nashri xabariga ko'ra Ronaldu soliqlarda bo'layotgan muammoga qaramasdan bu qarorga kelgan. Jamoa rahbarlari ham Ronalduni jamoada saqlab qolmoqchi.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli futbolchining soliqlar bo'yicha sudi 31-iyul kuni bo'lib o'tadi.