"Real" direktori Emilio Butrageno La Liga doirasida "Barselona" bilan durangdan so'ng (0:0) bahsli vaziyatlarni izohladi.
Vaziyatlarning birida Madridliklar "Barsa" jarima maydonchasida Kleman Langlening Rafael Varanga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun penalti talab qilishdi.
“Biz VAR tarafdori ekanligimizni bilasizlar. Texnologiya hakamga yordam berishi kerak, chunki hakam hamma narsani ko'ra olmaydi. Buning uchun VAR mavjud. Bu aniq xato bo'lsa kuchga kiradi. Varan bilan epizodlarda VAR ning aralashmaganligi ajablanarli.
Hakam ikkita aniq qoidabuzarlikni payqamadi. Ammo nega bunday epizodlarda VAR ishlatilmaganligini tushunish qiyin. Bu barchasini chalkashtirib yuboradi ”, dedi Butrageno.