"Varan ikkita shubhali vaziyatda ishtirok etdi. Birinchi taymda ikkita penalti berilishi mumkin edi, ammo Alexandro Ernandes bitta ham penalti belgilamadi.
O'yinning 17-daqiqasida Langle jarima maydonchasi ichida Varanning soniga qarab zarba berdi. Ammo, na bosh hakam, na VAR penalti belgilamadi.
Ikki daqiqa o'tib esa navbatdagi burchak zarbasidan so'ng jarima maydonasi ichida Varanning libosidan tortdi. Bu vaziyatda ham penalti berilmadi", - deyiladi "qirollik klubi" rasmiy saytida.