«Real» sardori Serxio Ramos «Barselona»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinning (0:0) ilk daqiqalarida to'pig'idan jarohat olganiga qaramay, uchrashuv oxirigacha harakat qildi.
Futbolchi jarohat olgan paytda madridliklar bosh murabbiyi Zayniddin Zidan zaxiradagi Eder Militaoga ishora berib, shug'ullanishni boshlash kerakligini aytdi. Ramos esa o'ynashda davom etdi.
«Real» himoyachisi bahs so'ngida oyog'ini bint bilan o'rab, cho'loqlangancha «Kamp Nou»ni tark etdi. Ramosning jarohati qay darajada jiddiylik yaqin kunlarda ma'lum bo'ladi.