2006 yil 9 iyul kuni JCh-2006 musobaqasining Italiya va Frantsiya o'rtasidagi mashhur finali bo'lib o'tdi.
O'yinning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Eng muhim voqealar qo'shimcha vaqtlarda yuz berdi.
110-daqiqada Frantsiya terma jamoasi etakchisi Zayniddin Ziddan ehtiroslarini jilovlay olmadi va Italiya himoyachisi Materatstsining ko'kragiga kalla qo'yib, uni erga ag'dardi. Shundan so'ng, bosh hakam uni qizil kartochka bilan jazolab, maydondan chetlatdi.
O'yinning asosiy vaqtida ham hisob o'zgarmadi. Penaltilar seriyasida esa Italiya terma jamoasi g'alaba qozondi.
JCh-2006. Final
Italiya – Frantsiya – 1:1 (pen. 5:3)
Gollar: Materatstsi, 19 – Zidan, 7 (penalti)