Ispaniya chempionatining 10-turida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan, ammo keyinroqqa qoldirilgan "Barselona" va "Real" jamoalari o'rtasidagi o'yin nihoyat bo'lib o'tdi.
Zidan yarim himoyachilarni himoyachilarni ko'paytirish evaziga markazni qo'lga olishga va raqibga butun o'yin davomida kuchli pressing qo'llashga harakat qildi. Aytish mumkinki, bu taktika o'z samarasini berdi.
Tomonlar navbati bilan raqib darvozasi tomon bosim uyushtirib turishdi. Jamoalar bir nechta vaziyatlar yaratishdi, ammo ulardan foydalanishda oqsashdi. O'yinning 72-daqiqasida Beyl to'pni darvozaga joylagan edi, ammo unga uzatma bergan Mendi ozgina ofsaydda qolgani tufayli gol bekor qilindi.
Ushbu durang tufayli "Barsa" va "Real"ning ochkolari 36taga etdi va ular peshqadamlik qilishda davom etishadi.
Ispaniya La ligasi, 10-turning qoldirilgan o'yini
"BARSELONA" - "REAL MADRID" - 0:0
Barselona – ter Stegen, Semedu (Vidal, 55), Langle, Alba, Serdji Roberto, Rakitich, de Yong, Pike, Suares, Messi, Grizmann (Fati, 83).
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Varan, Ramos, Karvaxal, Kroos, Valverde (Modrich, 80), Isko (Rodrigo, 80), Kazemiro, Beyl, Benzema.
Ogohlantirishlar: Rakitich (21), Suares (40), Langle (45), Kazemiro (66), Beyl (70), Isko (76), Ramos (78), Karvaxal (90).