«Real» etakchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etmaydi.
As xabariga ko'ra, futbolchi «Real» tarkibidagi ishtirokini davom ettiradi. Qirollik klubi Krishtianuni kelgusi rejalaridagi asosiy futbolchi sifatida ko'rmoqda, bu esa uni qoniqtirmoqda. O'z vakillari bilan maslahatlashib olgach, Ronaldu «Santyago Bernabeu»ni tark etmaslikka qaror qilgan.
Eslatib o'tamiz, 31 iyul kuni Ronaldu 14,7 mln evro miqdoridagi soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblanishi yuzasidan sud mahkamasida javob berishi lozim.