«Real»ga qarshi o'yin oldidan «Barselona» himoyachisi Nelson Semeduning uyi tunab ketildi.
"Cadena SER" jurnalisti Anna Punsi tarqatgan xabarga ko'ra, ushbu voqea bundan 3-4 soat oldin sodir bo'lgan. Tabiiyki, Semedu bu paytda uyida emas, «Barselona» bilan birga mehmonxonada edi.
O'g'rilik haqida ma'lumot politsiyaga Toshkent vaqti bilan 18:15da kelib tushgan. O'g'rilik natijasida futbolchi qancha zarar ko'rgani haqida hozircha xabar tarqatilmadi.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» – «Real» o'yini 18 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.