Madridning “Real” klubi yarimhimoyachisi Xames Rodriges Madriddan ketishga qaror qildi.
AS xabariga ko'ra, “Betis” klubi futbolchisi Dani Sebalosning xarid qilinishi tufayli kolumbiyalik shunday qarorga kelan. Uning fikricha, endi “Real”da qolishdan hech qanday ma'no yo'q.
Qayd etish joiz, ayni vaqtda Xames Rodrigesga “Manchester Yunayted”, ”Chelsi” va PSJ klublari da'vogarlik qilmoqda. “Real” uni 70 million evroga baholamoqda.