"Yuventus" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Evropa chempionlar ligasi qur'asida o'z jamoasiga "Real" tushishidan qo'rqqanini yashirib o'tirmadi. Eslatib o'tamiz, turinliklar nimchorak finalda "Lion" bilan to'qnash kelishadi.
"Hozircha "Lion" haqida gapirishdan ma'no yo'q. O'yingacha hali 70 kun vaqt bor. Oldinda transfer muddati va 15tacha o'yin bor. Bizga "Real" tushishidan juda xavotir olgandim", — dedi Sarri "Mundo Deportivo" nashriga bergan intervyusida.
"Yuventus" va "Lion" o'rtasidagi o'yinlar 26 fevral va 17 mart kunlari bo'lib o'tadi.