Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

To'qqizta klubning EChL guruh bosqichidagi daromadi 70 million evrodan oshdi

Shveytsariyaning SwissRamble kompaniyasi Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi yakunlari bo'yicha klublarning daromadlarini hisoblab chiqdi.

.
- Yuklab olish

Shveytsariyaning SwissRamble kompaniyasi Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi yakunlari bo'yicha klublarning daromadlarini hisoblab chiqdi. Hisob-kitobga ko'ra, 7ta jamoaning daromadlari 75 million evrodan oshgan.

Har bir klubga quyidagilar uchun pul mukofotlari berilishi ko'zda tutilgan:

— guruh bosqichidagi ishtirok uchun — 15,25 million evro;
— har bir g'alaba uchun — 2,7 million evro;
— har bir durang uchun — 0,9 million evro;
— nimchorak finalga chiqqani uchun — 9,5 million evro;
— Jamoaning so'nggi 10 yildagi ishtirokiga qarab UEFA koeffitsienti uchun;
— TV-translyatsiyadan daromad;
— guruh bosqichidagi ishtiroki uchun qo'shimcha daromad.



Daromadlar qiymati bo'yicha "Bavariya" klubi etakchilik qilmoqda — 81.5 mln evro. Myunxenliklar guruh bosqichida barcha o'yinlarda g'alaba qozonishdi. Keyingi o'rinlarni "Barselona" (80,8 million) i "Yuventus" (80,4 million) egallab turishibdi.

Shuningdek, "Manchester Siti" (77,7 million), "Liverpul" (75,6 million), "PSJ" (75,2 million), "Real" (74,9 million), "Chelsi" (73,4 million evro) va "Atletiko" (72,7 million) klublarining daromadlari 70 million evrolik marradan o'tgan.

Guruh bosqichida eng kam pul ishlagan jamoa Chexiyaning "Slaviya" klubi bo'ldi.

BestMaster
18 Dekabr 2019, 12:00
toqqizta, klubning, echl, guruh, bosqichidagi, daromadi, million, evrodan, oshdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads