Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Messi «Bernabeu» va «Kamp Nou»da o'ynash o'rtasidagi farqni aytdi

«Barselona» sardori Lionel Messi kataloniyaliklar uchun «Real» bilan «Kamp Nou»da o'ynashdan ko'ra «Santyago Bernabeu»dagi o'yin osonroq kechishini aytib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Barselona» sardori Lionel Messi kataloniyaliklar uchun «Real» bilan «Kamp Nou»da o'ynashdan ko'ra «Santyago Bernabeu»dagi o'yin osonroq kechishini aytib o'tdi.

«Biz «Bernabeu»da o'ynaganimizda ko'proq bo'sh hududlarga ega bo'lamiz. «Real» o'z uyida ko'proq hujum qiladi. Chunki muxlislarning chorlovi ostida ular oldingi yugurishadi.

«Kamp Nou»da esa ular boshqacha o'ynashadi — himoyaga yotib olishadi, zich harakat qilishadi va tezkor hujumchilardan foydalanib ko'proq qarshi hujum uyushtirishadi.

«Bernabeu»da 90 daqiqa davomida teng o'yin guvohiga aylanamiz. «Kamp Nou»dagi uchrashuvlar yopiq va murakkab o'tadi», – dedi Messi Marca nashriga bergan intervyusida.

«Barselona» - «Real» o'yini 18 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi. Uchrashuv «Kamp Nou» bo'lib o'tadi. La liganing ushbu mavsumida 16ta o'yindan keyin har ikki klub 35tadan ochko jamg'argan.

BestMaster
17 Dekabr 2019, 21:30
messi, «bernabeu», «kamp, nou»da, oynash, ortasidagi, farqni, aytdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads