- Bu butun dunyo kutayotgan o'yin. U muxlislar uchun bo'lgani kabi biz uchun ham muhimdir. Har doim El Klasikoni televizor qarshisida ko'rish ajoyib bo'lar edi.
Endi esa unda men o'ynash haqida orzu qilyapman. Men juda ham baxtliman va bu o'yinni intizorlik bilan kutyapman. Bu ajoyib kun bo'ladi va qo'limdan kelganicha o'ynab, ajoyib o'yin namoyish etishimga umid qilyapman, - deydi Grizmann.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Real" jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.