"Real" hamon "Valensiya" yarim himoyachisi Ferran Torresni sotib olish niyatida.
AS xabariga ko'ra, madridliklar etti yildan buyon Ispaniya yoshlar jamoasining 19 yoshli futbolchisi bilan shartnoma imzolashga harakat qilishmoqda.
O'z navbatida "Valensiya" Torres bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Amaldagi kelishuv 2021 yilgacha mo'ljallangan, tovon puli - 100 million evro.
Avvalroq, "Yuventus" va Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.