Madridning “Real” klubi “Valensiya” yarim himoyachisi Ferran Torresga qiziqib qoldi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, “qaymoqranglilar” 19 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun 4-marta urinib ko'rishmoqchi. Futbolchining transfer narxi taxminan 20 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, ayni damda “ko'rshapalaklar” ham futbolchi bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirish borasida muzokara o'tkazmoqda. Joriy mavsum Torres 20ta o'yinda ishtirok etib, 4ta gol urgan va 3ta golga assistentlik qilgan.