Madridning “Real” klubi ustozi Zinedin Zidan “Valensiya”ga qarshi o'yindan so'ng quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.
“Kurtua o'zi jarima maydoniga borishga qaror qildi, bu biz taslim bo'lmasligimizni anglatadi. “Real” – hech qachon taslim bo'lmaydi. Futbolchilarim uddalashiga ishonishgan edi va bu amalga oshdi. Biz golga loyiq edik.
Siz futbol beradigan narsalarni qabul qilishingiz kerak. Ochko – bu kichik mukofotdir. Ajoyib birinchi bo'limni o'tkazdik, raqib ikkinchi bo'limda kuchliroq edi. Biz durang uchun o'ynadik, lekin o'ylaymanki biz ko'prog'iga loyiq edik”, -deydi Zidan.