“Birinchi bo'limda durangdan ko'ra, yaxshiroq natijaga loyiq edik. Ammo oxirigacha borishimiga ishondik. Tanaffusdan so'ng esa “Valensiya” juda yaxshi o'ynadi. Biroq butun o'yin davomida yuqori tempni saqlab tura olmaslik ham normal holat. Biz esa tanaffusgacha gol urishimiz kerak edi. Endi dam olishimiz kerak, axir chorshanba kuni bizni katta o'yin kutib turibdi”, — deydi Zidan.
Malumot uchun, “Real” 18 dekabrda “Barselona”ga qarshi bahs olib boradi.