Valencia | LaLiga . 17-tur 16/12/2019, 01:00 0 : 0 1-bo'lim | Real Madrid |
Stadion: Estadio Mestalla
Bosh hakam: Jose Sanchez
45' 90' Match-senterda ochishValensiya – Real Madrid
16 dekabr, 01.00, «Mestalya»
Valensiya – Domenek, Gayya, Kosta, Gabriel Paulista, Vass, Parexo, Koklen, Ferran Torres, Soler, Garay, Rodrigo.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Nacho, Karvaxal, Varan, Valverde, Kroos, Isko, Modrich, Rodrigo, Benzema.
Sahifani yangilash
14. Karim Benzema Nacho chap qanotdan uzatgan to'pni boshi blan darvozaga yo'lladi. Zarbaga biroz aniqlik etishmadi.
12. Endi Toni Kross uzoq tayyorlanib kuchli zarba berdi. Mezbonlar posboni bu gal qiyichilik bilan qaytardi to'pni.
10. Karim Benzema ham o'z omadini sinab ko'rdi, to'pni yana Domenek egallab oldi.
7. Uchrashuvdagi ilk vaziyat sodir etildi. Federiko Valverde tomonidan yo'llangan kuchli zarbani raqib golkiperi qiyinchilik bilan bartaraf qildi.
6. "Real" hujumga berilib ketib qarshi hujumni o'tkazib yuborishi mumkin edi. Ammo "Valensiya" futbolchilari imkoniyatdan foydalana olishmadi.
4. Uchrashuv teng kurashlar bilan boshlandi. Ilk xavfli vaziyat "Valensiya" darvozasi yonida sodir bo'lishi mumkin edi. Ammo jarima maydonchasi ichiga bostirib kirayotgan Rodrigoni Fransis Koklen to'xtatib qoldi.
Uchrashuv boshlandi.
Jamoalar stadionga chiqib kelishmoqda.
Jamoalarning o'yinoldi mao'g'ulotlaridan lavhalar:
Bugungi uchrashuv har tomonlama muhim ahamiyatga ega. Ikki klub to'qnashuvi, bundan tashqari "Real" "Mestalya"ga "El-klasiko" oldidan tashrif buyurmoqda. Kecha "Barselona" "Sosedad" bilan bahsda ochko yo'qotdi. Bu Zidan shogirdlariga azaliy raqiblaridan 2 ochko o'zib ketish va yakka peshqadamga aylanish imkoniyatini taqdim qilmoqda. "Qaymoqranglilar" bu imkoniyatdan qanday foydalanadi? Bu savolga yaqin daqiqalar mobaynida javob topamiz.
Bugungi uchrashuv "Mestalya" o'yingohida o'tkaziladi:
Assalomu alaykum, saytimiz foydalanuchilari. La Liga 17-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvni sizlar bilan birgalikda kuzatib borishga qaror qildik. Marhamat, siz ham uchrashuv haqidagi fikr va mulohazalaringizni biz bilan o'rtoqlashing.