«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Barselona» klubi «el-klasiko» oldidan bir kun ko'proq dam olishidan xavotirga tushmasligini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, «Barsa» La ligadagi o'zining bahsini kecha — 14 dekabr kuni o'tkazgan bo'lsa, «Real» 15 dekabr, yakshanba kuni maydonga tushadi.
«Taqvimni La liga tuzgan. Uni men tuzmaganman va biz buni hurmat qilishimiz kerak. Biz hech narsani o'zgartira olmaymiz.
Kazemiro maydonga tushadimi yoki yo'qmi, buni murabbiy hal qiladi. Uning qanchalik muhim o'yinchi ekanini bilamiz, shuningdek, har bir o'yinga men tarkib tanlashim lozim.
Agar chorshanba kungi o'yin muhimroq deb o'ylasam, men chalg'ib ketaman. «Valensiya»ga qarshi uchrashuv muhim", – dedi Zidan.