19 yoshli darvozabon Luka Zidan "Real Madrid"ning mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida jamoaning 3-darvozaboni bo'lib AQSHga jo'naydi, bu haqida Marca nashri xabar beradi.
Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan o'g'ilini jamoadan ketishi kutilayotgan Ruben Yanes o'rniga 3-darvozabon qilib saylamoqchi. Eslatib o'tamiz, Yanes o'tgan mavsumda birorta ham o'yinda maydonga tushmagan.
Asosiy jamoada 1-raqamli darvozabon Keylor Navas, 2-raqam Kiko Kasilyas, 3-darvozabon uchun esa Luka Zidan va "yangi Kurtua" deb nom berilgan Aleks Kraninks kurash olib boradi.