"Barselona" yarim himoyachisi Artur 18 dekabr kuni bo'ladigan "Real"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmasligi mumkin.
Braziliyalik futbolchi La liganing 15-turi doirasida "Atletiko"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan keyin "ko'k-anorranglilar" darvozaboni Neto bilan birga snoubordda uchish uchun toqqa bordi. Bu jarayonda Artur mushagidan jarohat oldi.
Uning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi haqida hozircha ma'lumot berilmadi. Artur "Malorka" va "Inter"ga qarshi o'yinlarda maydonga tushmadi. Katta ehtimol bilan u "Real Sosedad" va "Real Madrid"ga qarshi uchrashuvlarni ham o'tkazib yuboradi.