So'nggi paytlarda Garet Beylning “Real”dan ketishi haqida xabarlar tarqaldi. Bunga esa Mbappening xarid qilinishi sabab qilib ko'rsatilmoqda. Beylning agenti Jonatan Barnett esa mijozi faqat “Manchester Yunayted” uchungina “Real”dan ketishi mumkinligini ta'kidladi.
Beylning “PSJ”ga o'tishi haqidagi xabarlarni esa Barnett tasdiqlamadi.