«Real» klubi moliyaviy feyr-pley qoidasini buzgani uchun jazolanishi mumkin. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, klubning moliyaviy ishlari tekshiruvdan o'tkazilgach, jamoaga 200 million evroga futbolchi sotish tavsiya berilgan. Buning uchun esa "qaymoqranglilar"ga 2 oy vaqt berilgan.
Shu bois, "Qirollik klubi" qishki transfer paytida Xames Rodriges, Garet Beyl, Mariano Dias va Braim Diasni sotishga tayyor.