Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi 18 dekabr kuni bo'ladigan "Barselona" va "Real" o'rtasidagi o'yin uchun hakamlarni tayinladi.
Mavsumdagi dastlabki "klasiko"ni Alexandro Ernandes Ernandes boshqarib boradigan bo'ldi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.
Kanarlik hakam avvalroq ham ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yinni boshqargan edi. Ulardan birida "Barsa" g'alaba qozongan bo'lsa, bittasida "Qirollik klubi"ning qo'li baland kelgan. Bir to'qnashuv esa durang bilan yakunlangan. Bundan tashqari, Ernandes Ernandes madridliklar sardori Serxio Ramosni ikki marta maydondan chetlatgan.
"Barselona" – "Real Madrid" o'yini 18 dekabr kuni tungi soat 00:00 (Toshkent vaqti bilan)da boshlanadi.