Madridning “Real” jamoasi 2020-yildagi o'zining ilk transferi borasida so'nggi qarorni qabul qildi. Unga ko'ra, jamoa qishki transfer oynasi chog'ida Gollandiyaning “Ayaks” klubi yarim himoyachisi Doni Van De Bekni o'z safiga qo'shib oladi.
“De Telegraaf” nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, klublar futbolchining transfer narxi borasida ham kelishuvga erishgan. Manba tarqatgan ma'lumotlarga qaraganda, klub yarim himoyachi uchun 55 million evrodan voz kechadi.
Eslatib o'tamiz, futbolchining xizmatlariga “Tottenhem” klubi ham qiziqish bildirgan edi, lekin futbolchining o'zi va agenti Madrid tomonidan tushgan taklifni afzalroq topdi.