Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Madridning "Real" klubini tark etganidan afsusda. 34 yoshli forvard o'zining sobiq jamoadoshlariga faoliyatini "qirollik klubi"da davom ettirganida yana ikkita "Oltin to'p" qo'lga kiritishi mumkinligini aytgan.
Krishtianuning "Yuventus"ning darajasidan ko'ngli qolgan, shuningdek, portugaliyalik hujumchi "keksa sinora"ning darajasi "Real"ga nisbatan pastroq ekanini ham tushunib etgan. ABC.es nashri sobiq jamoadoshlar o'rtasidagi suhbat shu kabi mavzularda kechgani haqida malum qildi.