Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionatining 16-turi doirasida o'z uyida «Espanol»ni qabul qilayotgan bo'lsa-da, jamoa oq rangli formada maydonga tushmadi.
"Qirollik klubi" uchrashuvni yashil rangli futbolkalarda o'tkazmoqda. Bu orqali madridliklar iqlimning o'zgarishiga qarshi kurash aktsiyasini qo'llab-quvvatlashmoqda.
Ma'lumot o'rnida. Birinchi bo'limdan so'ng «Real» Varan tomonidan urilgan gol evaziga kichik hisobda oldinda bormoqda. «Espanol» so'nggi 12 yildan beri «Santyago Bernabeu»da g'alaba qozona olmayapti.