"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoaning jarohatlangan futbolchilari — Marselo, Garet Beyl va Eden Azarning ahvoli haqida ma'lumot berdi.
"Har qanday o'yinchining jarohati — bu hamisha muammo. Azarning jarohati kutilganidan jiddiyroq chiqdi, ammo biz usiz vaziyatdan chiqishga harakat qilishimiz kerak. Edenning xafsalasi pir bo'ldi, lekin bo'lar ish bo'ldi. U qachon safga qaytadi? Tez orada. Bu gap Marselo va Beylga ham tegishli", - dedi Zidan Marca nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Azarning suyagi darz ketgan bo'lsa, Marselo mushagidan jarohat olgan. Beyl esa oyog'ining son qismida muammoga duch kelgan.