Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu KK-2017 paytida ko'ngilxushlik qilishni unutmagani ma'lum bo'ldi.
22 yoshli belaruslik model Ekaterina Matetskaya gapiga ko'ra, Ronaldu u bilan mahfiy ravishda uchrashgan. Futbolchi uni «Novikov» restoraniga, Portugaliya terma jamoasi ziyofatiga chaqirgan. Matetskaya Ronaldu bilan bu haqdagi yozishmalarini ko'rsatdi.
«Uchrashuv davomida u bilan xuddi eski tanishlardek ko'rishdik. U erda yana 5 nafar qiz bor edi, ammo Ronaldu e'tiborini menga qaratdi. Qo'limdan ushlab, hol-ahvol so'radi, mulozamat qildi. Krishtianu Sardiniya oroli unga yoqqani haqida gapirdi. Ammo Ibitsa orolida narxlar juda qimmatligini ta'kidladi. Bu orolning katta kamchiligi ekan. Ziyofat tugagach, hammamiz tarqaldik» - dedi Matetskaya Spletnik xabarida.