Nemis klubi 2018 yilda "Real"dan 2 mavsumga ijaraga olingan futbolchining to'liq huquqlarini sotib olishga qarshi emas. Ammo "qaymoqranglilar" Hakimining o'ziga ishonadi. Qolaversa, "qirollik klubi" murabbiylar shtabi marokashlik futbolchining o'yinida yuzaga kelgan ijobiy o'zgarishlardan mamnun va u kelasi mavsum jamoaning asosiy tarkibidan o'rin egallashiga ishonishmoqda.