"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.
La Repubblica tarqatgan xabarga ko'ra, "neradzurri" yozda transferni oshirmoqchi. Milanliklar Xamesni 50 million evroga baholashmoqda.
28 yoshli futbolchining o'zi ham "Qirollik klubi"ni tark etishni istamoqda. Kolumbiyalik futbolchining "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi.
Xames ushbu mavsumda 9ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.