"Barselona" futbolchisi Usmon Dembele uch oyga safdan chiqdi. Bu haqda "AS" nashri yozmoqda.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli futbolchi o'ng oyoq mushaklari jarohatini qaytalab olgan. Birinchi marta futbolchi o'tgan mavsum oxirlarida o'ng oyoq mushaklaridan jarohat olgandi.
Ayni damda Kataloniya klubi Dembelening jarohati borasida bir qarorga keladi. Ehtimol, u operatsiya qilinishi mimkin.
Har qanday holatda ham Dembele "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.