Angliya klubi 28 yoshli futbolchi uchun “qaymoqranglilar“ga 42 million evro taklif qilishga tayyor. Bu “Atletiko“ va “Napoli“ taklif etgan summalarga qaraganda ko'proqdir.
“Real“ Xames bilan har qanday narx evaziga xayrlashishni rejalashtirmayapti va uni sotishdan kamida 50 million evro ishlab olmoqchi. Yarim himoyachining o'zi ham ushbu mavsum oxirida poytaxt klubini tark etishni afzal ko'rmoqda.
Kolumbiyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 9 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga bittadan gol va samarali uzatma yozdirib qo'ydi.