«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Evropa chempionlar ligasi 5-turida o'tkazilgan Dortmundning «Borussiya»siga qarshi o'yinda bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Shu tariqa, argentinalik futbolchi tomonidan musobaqa doirasida darvozasi ishg'ol etilgan klublar soni 34taga etdi. Chempionlar ligasi tarixida hech bir o'yinchi buncha ko'p jamoaga gol urmagan.
Ushbu natija bo'yicha Messi «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Real»ning sobiq forvardi Raulni ortda qoldirdi. Bu futbolchilar EChL doirasida 33ta jamoa darvozasiga yo'l topa olishgan.