«Real» yarim himoyachisi Eden Azar Evropa chempionlar ligasining 5-turidan o'rin olgan «PSJ»ga qarshi o'yinda (2:2) jarohat oldi.
Belgiyalik futbolchi ikkinchi bo'limda oqsoqlangancha shifokorlar ko'magida maydonni tark etdi. Uning o'rniga maydonga Garet Beyl tushirildi.
"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning tasdiqlashicha, 28 yoshli futbolchining jarohati jiddiy bo'lishi mumkin.
«Bu shunchaki lat eyish emas. Bu jarohat va oyoqning chiqib ketishi», – dedi frantsiyalik mutaxassis o'yindan keyin.
Marca nashrining taxminicha, Azar 2017 yilda bo'lgani kabi to'pig'idan jarohat olgan. O'shanda u jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'lgan edi. Azar yaqin orada chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi.