«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich o'tgan mavsumdagi yutuqlarga qaramay, g'alabaga bo'lgan ishtiyoqi so'nmaganini aytdi.
Eslatib o'tamiz, Zidan shogirdlari Ispaniya chempionati, Chempionlar ligasi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozongan edi.
«Bir sovrinni ikki, uch marta yutib olsang ajoyib hissiyotlarga ega bo'lasan. Bu esa oldinga intilish uchun turtki bo'ladi. Yanada ko'proq g'alabalarni istab qolasan.
Men g'alabalardan hech qachon charchamayman. Biz har doim barcha sohada eng yaxshi bo'lishni istaydigan klub tarkibida o'ynayapmiz. U barcha musobaqalarda g'alaba qozonishni istaydi, shu jumladan biz futbolchilar ham» - dedi Modrich Marca xabarida.