Braziliya futboli afsonasi Ronaldoning o'g'li Ronald Nazario da Lima Braziliya (U18) terma jamoasidan taklif oldi.
«Real»ning sobiq hujumchisi shu munosabat yuzasidan o'g'lini tabrikladi.
«Braziliya terma jamoasi Makkabidagi turnirda ishtirok etadi. O'g'lim Ronald ham terma jamoaga chaqirildi, bu juda yoqimli. Yigitlarga omad, olg'a Braziliya!» - deb yozdi Ronaldo Instagram sahifasida.
Braziliya (U18) terma jamoasi Isroildagi xalqaro turnirda ishtirok etadi.