Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChL doirasidagi PSJ klubiga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bizda birinchi o'yindagi mag'lubiyat tufayli raqibdan qasos olish xohishi umuman yo'q. Biz yaxshi futbol namoyish etib, qoniqarli natijaga erishmoqchimiz. PSJga qarshi o'yinda hozirgi "Real"ning eng yaxshi variantini ko'rmoqchiman", deya Zidan so'zlarini keltirmoqda UEFA.
Eslatib o'tamiz, "Real" - PSJ o'yini 26 noyabr kuni o'tkaziladi. Ma'lumot uchun, Parijda o'tgan o'yinda mezbonlar 3:0 hisobida g'alaba qozonishgan.