"Yo'q, biz hech qanday revansh haqida o'ylamayapmiz. PSJ bilan dastlabki uchrashuvda ko'p narsalarni o'rgandik. O'sha kuni sust o'yin namoyish qilgandik, ammo keyinchalik sezilarli darajada o'sishga erishdik. Ertaga biz ECHLni yutishni maqsad qilgan kuchli raqibga qarshi o'ynaymiz. Bizda yaxshi jamoa borligini isbotlashimiz kerak.
Ishonamanki, muxlislar o'yinning ilk sekundlaridan boshlab 95-daqiqa yakuniga qadar yuqori darajali shou guvohiga aylanishadi", - deydi belgiyalik darvozabon.