Evropa chempionlar ligasi 5-turi doirasida «Real» va «PSJ» jamoalari o'rtasidagi o'yin 26 noyabr, seshanba oqshomida bo'lib o'tadi.
Madridlik muxlislar Ispaniyaga tashrif buyurgan «PSJ» hujumchisi Neymarni ancha sovuq qarshi olishdi. Braziliyalik futbolchi avtobusdan tushib kelganida unga qarata: «Barselona»ga yo'qol», - deya baqirishdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
Ma'lumot o'rnida. «PSJ» guruh bosqichining dastlabki 4ta o'yinida 4ta g'alabaga erishib, EChLning pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'ldi.