"O'z mamlakatimizni sevamiz, u doimo klubdan ustun bo'lib kelgan. Biroq Garet har kuni klub uchun ter to'kib, professionallar kabi ishlaydi.
"Sosedad"ga qarshi o'yinda maydonga tushganida anchagina faol bo'ldi va ko'plab vaziyatlar yaratdi. Modrichning goli uning to'p oshirishidan keyin yuzaga keldi. Agarda Beyl klubga sodiq bo'lmaganida bunday o'yin ko'rsatmasdi.
Biz g'alaba qozonish uchun shu erdamiz. U jamoa g'alabaga erishishi uchun jonini bermoqda. "Santyago Bernabeu"ning ham fikri bor va shu boisdan buni boshqa muhokama qilmaymiz", - dedi Kurtua.